“O`zmilliybank” AJ va Mastercarddan “Yozni uzaytiring” aksiyasi sovrinlarining birinchi oraliq o‘yinini o‘tkazish to‘g‘risida
Hurmatli mijozlar!
2023-yilning 11-avgust kuni soat 15:00da “O`zmilliybank” AJ va Mastercard xalqaro to‘lov tizimining “Yozni uzaytiring” qo‘shma aksiyasining iyul oyi uchun birinchi oraliq o‘yini bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya formatidagi aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda ishtirok etish uchun 2023-yilning 5-iyulidan 4-avgustiga qadar bitta Mastercard kartasidan umumiy summasi 25 AQSh dollari va undan yuqori bo‘lgan mablag`ga tranzaktsiyalarni amalga oshirish kerak edi (savdo korxonalari terminallarida yoki Internetda tovar/xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish, Mastercard Send xizmati orqali pul o'tkazish, boshqa bank infratuzilmasida naqd pul olish). Aksiyada konversion operatsiyalar hamda “O`zmilliybank” AJ tarmog‘idagi bankomatlar va terminallar orqali naqd pul yechib olish hisobga olinmaydi.
O'yinning uchta g'olibi quyidagi sovg'alarga ega bo'ladi:
1-o‘rin – MacBook Pro noutbuki;
2-o‘rin – iPhone 14 Pro Max smartfoni;
3-o‘rin – Sony PS5 o‘yin pristavkasi.
Aksiya haqida batafsil ma`lumotni https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/o-zbekiston-milliy-banki-va-mastercarddan-yozingni-uzaytir-aksiyasi/ havolasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Hammaga omad tilaymiz!