Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O‘zmilliybank” AJ va Fransiyaning Société Générale banki 50 million yevrolik kelishuvga erishdi

“O‘zmilliybank” AJ va Fransiyaning Société Générale banki 50 million yevrolik kelishuvga erishdi

22.11.2022



Shu yilning 18 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashrifi arafasida,«MEDEF International» Fransiya tadbirkorlari harakatining Parij shahridagi qarorgohida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forumda Fransiya va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, aviasiya sanoati, temir yo‘l transporti, logistika va kommunikasiyalar, energetika, tog‘-kon sanoati, servis va konsalting, qurilish kabi sohalardagi yetakchi kompaniyalari, bank va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumining muhim voqealaridan biri - “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ va Fransiyaning Société Générale S.A. moliyaviy konglomerati o‘rtasida 50 million yevro miqdorida kredit liniyasini jalb etishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasining imzolanish marosimi bo‘ldi.

Shartnoma ikki bank o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi:

1. Loyiha va savdoni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar, xomashyo yetkazib berish, shuningdek, keyinchalik yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun Fransiyadan xizmatlar ko‘rsatishni ko‘paytirish; 

2. G‘aznachilik operatsiyalari sohasida, shu jumladan, xalqaro kapital bozorlaridagi mahsulotlar va valyutaviy SVOP, forvard, optsion kabi hosilaviy moliyaviy vositalar; 

3. Ikki mamlakat o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish va bank sektorini o‘zgartirish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan bank faoliyatining boshqa sohalaridagi islohotlarni amalga oshirish: 

4. Bank xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tajriba almashish qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish: 

Yuqoridagi muzokaralar  doirasida tomonlar Fransiyada ishlab chiqariladigan ATR 72-600 rusumli samolyotlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi transport sohasida loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022yil 26 oktabrdagi “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-412-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston ichida mintaqaviy yo‘lovchi tashish hajmini kengaytirish imkonini beradi, ichki turizm va mintaqaviy havo qatnovini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Ta'kidlash joiz-ki, “O‘zmilliybank” AJ va Société Générale S.A. o‘rtasida, 2003 yildan boshlab, uzoq muddatli strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 20 yillik davr mobaynida tomonlar o‘rtasida 700 mln. AQSh dollari miqdorida 9 ta loyiha amalga oshirilgan. Bu esa, o‘z navbatida,  mamlakatning barcha hududlarida ko‘p sonli yangi ishchi o‘rinlarini yaratish imkonini berdi. Vakillik aloqalari sohasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida hisob-kitob biznesini rivojlantirish va xalqaro to‘lovlarga xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Ma'lumot o‘rnida: Société Générale S.A. Yevropadagi eng yirik frantsuz moliyaviy konglomeratlaridan biri bo‘lib, u BNP Paribas, Crédit Agricole va Groupe BPCE bilan birgalikda fransuz bank bozorining "katta to‘rtligini" tashkil qiladi. Bank 1864 yil 4 mayda bir guruh sanoatchilar va moliyachilar tomonidan Société Générale pour favoriser le développement du commerce et de l’industrie en France (Fransiyada savdo va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha umumiy jamiyat) nomi bilan tashkil etilgan.

Société Générale S.A. ning asosiy faoliyati chakana bank, moliyaviy xizmatlar, sug‘urta, global bank va investisiyalar. Société Générale S.A. kapitali 73,7 mlrd. AQSh dollarini, aktivlari esa 1,6 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. S&P (A), Fitch (A) va Moody’s (A1)tomonidan reytinglarga ega.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.

Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.

Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.

Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.

Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.

Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.

Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.

Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Swift” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.

Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.

Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.

shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

o’tkazma nazorat raqami

jo’natuvchining ism Sharifi

jo’natuvchining mamlakati

kutilayotgan pul miqdori

NBFAUZ2X

O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.

Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;

- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;

- Guvohnoma (Sertifikat);

- Ta’sischilarning qarori;

- Litsenziyalar;

- Garov kadastri/texnik pasporti;

- Garovnning fotosuratlari;

- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;

- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan

faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)

- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish

Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha

Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin

Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.