Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ tomonidan davlat tashqi qarzi h...

"O‘zmilliybank" AJ tomonidan davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar

23.03.2021

Investisiya loyihalarini moliyalash maqsadida horijiy bank va xalqaro moliya institutlaridan davlat kafolati ostida "O‘zmilliybank" AJ orqali jami 2,6 mlrd. AQSh dollari jalb qilingan bo‘lib, bugungi kunda ushbu mablag‘larning qarzdorlik qoldig‘i 2,16 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Shundan, 1,7 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yirik investision loyihalarga va 460 mln. AQSh dollari kichik biznes subyektlari loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

Davlat kafolati ostida moliyalashtirilgan loyihalar ishga tushirilishi natijasida 2 600 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 2020 yilda ja‘mi 36 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan, shundan 300 mln. AQSh dollari qiymatida mahsulot va xizmatlar eksport qilingan.

2020 yil mobaynida davlat kafolati ostida "O‘zmilliybank" AJ orqali jalb qilingan horijiy kreditlar bo‘yicha 219 mln. AQSh dollari miqdorida to‘lovlar horijiy bank va xalqaro moliya institutlariga amalga oshirilgan va joriy yil davomida 215 mln. AQSh dollari qiymatida to‘lovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU