Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ ning “Bankir kundaligi” kanalid...

"O‘zmilliybank" AJ ning “Bankir kundaligi” kanalidagi murojaatga munosabati

15.09.2020

O‘zmilliybank Zarafshon filiali Navoiy viloyati, Zarafshon shahar “Muruntau” MFYda faoliyat yurituvchi YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich”ning ijtimoiy tarmoqlardagi savdo faoliyati uchun 50 mln. so‘m krеdit olib, qo‘shimcha ravishda yangi krеdit olishda muammo bo‘layotgani aytilgan murojaatini ko‘rib chiqdi. O‘zmilliybank Zarafshon filiali xodimlari va tadbirkor Gafurov Dilshod o‘rtasida suhbat o‘tkazilib, krеditlar ajratilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot bеrildi.

Krеdit bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich”ga krеditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida bеrilishi tushuntirib bеrildi hamda krеdit ajratish bo‘yicha zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati taqdim qilindi.

Suhbat yakunida YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich” tomonidan hozirda krеdit olish bo‘yicha hujjatlar to‘plami yig‘ilmaganligi aniqlanib, zarur hujjatlar tuplami bankka taqdim etilgandan so‘ng krеdit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishiga kеlishib olindi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU