"O`zmilliybank" AJ jismoniy shaxs mijozlari diqqatiga
Respublikamiz hududlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha karantin eʻlon qilinganligi, mijozlarning murojaatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tavsiyalarini hamda mijozlarning bankka kelish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, "Oʻzmilliybank" AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
- bir tomonlama, jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha turdagi kreditlar boʻyicha joriy yilning aprel-may-iyun (mart oyining toʻlanmasdan qolgan qismi) oylariga toʻgʻri keladigan asosiy qarz toʻlovlari toʻlov jadvalining qolgan davriga teng ravishda taqsimlangan holda koʻchirildi;
- oʻz vaqtida amalga oshirilmagan foiz toʻlovlari uchun penya xisoblanmaydi;
- mijoz iqtisodiy holatidan kelib chiqib, kredit toʻlovlarini muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud va qoʻshimcha toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.