Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Navoiy” telekanalı “Ijtımoıy hayot” ko'rsatuvıda ...

“Navoiy” telekanalı “Ijtımoıy hayot” ko'rsatuvıda yorıtılgan holat yuzasıdan O'zmıllııbank munosabatı

23.08.2019

O'zmilliybank Qiziltepa filialiga fuqaro Isoqov Feruz Fayoz o`g`lı avtoservis faoliatini yo'lga qo'yish loyihasini amalga oshirish maqsadida “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasidagi mablag`lar hisobidan 520,0 mln. so'm kredit ajratishni so'rab og`zakı murojaat qilgan. 

Filial hodimlari tomonidan loyiha bo'yicha dastlabki monitoring o'tkazilib, ta`minot sifatida taklif etilayotgan mulklar o'rganilgan. O'rganish natijalariga ko'ra, ta`minot uchun taklif etilayotgan mulklar kreditni qoplash uchun etarli bo'la olmasligi va ta`minot sifatida qo'shimcha likvid mulk taklif etilgan holda kredit uchun zarur hujjatlarni filialga taqdim etishi yuzasidan fuqaro Isoqov Feruz Fayoz o'g`liga O'zmilliybank Qiziltepa filiali hodimlari tomonidan tushuntirish berilgan.

O'zmilliybank tomonidan 2019 yilda “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida Navoiy viloyatidagi yosh tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit mablag`lari ajratib kelinmoqda.

Shu bilan birga, O'zmilliybank va “Yoshlar – kelajagımız” jamg`armasi o`rtasida imzolangan Bosh kelishuvga muvofıq, tadbirkorlik sub`ektlari loyihalarini moliyalashtirish ishlari jamg`arma tomonidan ajratilgan resurs mablag`lari hisobidan dastur doirasida shakllantirilgan manzilli ro'yhat asosida bosqichma-bosqich amalga oshirılib kelinmoqda.

Yuqoridagi holat yuzasidan mijoz tomonidan bildirilgan murojaatni ijobiy hal etish maqsadida fuqaro Isoqov Feruz Fayoz o'g`lidan ta`minot sifatida likvid mol-mulk taklif etilgan holda kredit ajratish uchun kerakli hujjatlar to'plamini filialimizga taqdim etishini so'raymiz.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU