Muxbir Daliev telegram kanaliga “Loyihalar fabrikasi” xodimlari tomonidan bo‘lgan murojaatga “O‘zmilliybank” AJning rasmiy munosabati
Joriy yilning 30 iyun kuni “Muxbir Daliev” telegram kanalida “Loyihalar fabrikasi” xodimlariga oylik maoshlari yuzasidan joylashtirilgan murojaatga munosabat.
Bank mijozlari, tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qanoatlantirish, investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zmilliybankning hududiy filiallarida “Loyihalar fabrikasi” faoliyati joriy qilingan.
“Loyihalar fabrikasi” hodimlarining faoliyati Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish guruhi – “Loyihalar fabrikasi” to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga asosan olib borilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘z navbatida, “Loyihalar fabrikasi”ning barcha xodimlari bilan tuzilgan Fuqarolik-huquqiy shartnomalari muddati 2021 yil 31 dekabrigacha bo‘lgan va shu munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan shartnomaning amal qilish muddati tugaganligi sababli taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lgan.