Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi minimal ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha 7,5 foiz etib belgilandi
Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining 2015-yil 22-dekabridagi “O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkalari ularning faoliyat turi va foyda miqdoriga qarab, tegishli tartibda tasdiqlangan bo'lsa, huddi shunday jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari ham mos ravishda belgilandi.
Quyidagi jadvalda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari bilan tanishishingiz mumkin.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi
Soliqqa tortiladigan daromad |
Soliq stavkasi |
Minimal ish haqining bir baravar hajmigacha |
Daromad summasidan 0 foiz |
Minimal ish haqining bir baravaridan (+1 so'm) besh baravarigacha |
Minimal ish haqining bir baravar hajmidan oshuvchi summadan 7,5 foiz |
Minimal ish haqining besh baravaridan (+1 so'm) o'n baravar hajmigacha
|
Minimal ish haqining besh baravar hajmidan oshuvchi summadan +17 foiz
|
Minimal ish haqining o'n baravar (+1 so'm) hajmidan va undan yuqori |
Minimal ish haqining o'n baravar hajmidan oshuvchi summadan +23 foiz |
Uzreport.uz