Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 14,4 f...

Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi

20.01.2014
UzReport 20.01.2014

     Joriy yil 17 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan majlisda Prezidentimiz tomonidan mamlakatda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli ular bugungi kunga kelib amaliy samarasini berilayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi.
     Xususan, o‘tgan yili ana shunday mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bunday mahsulotlarning raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib borayotganligi e'tirof etildi.
     Hech shubhasiz, bu borada sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bajarilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
     Shuningdek, ma’ruzada, so‘nggi 3 yilda mamlakatda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshganligi qayd etildi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosish bo‘yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSH dollarini tashkil etdi.
     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi.
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU