Hurmatli mizojlar
O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab tijorat banklarining qiymati qat'iy summada belgilangan xizmatlar haqlari (bank xizmatlari haqlari tariflari) qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) aylanmasiga tortilishi va ular bo‘yicha QQS solig‘i to‘lanishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab "O‘zmilliybank" AJ xizmatlari haqlari tariflarida qat'iy summada belgilangan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan birga undirilishini ma'lum qilamiz.