Hurmatli AJ "O`zmilliybank" mijozlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJda talab qilib olish hisobvarag‘i yoki bank kartasi ochilgandan so‘ng shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjatlar (biometrik pasport, ID-karta) olgan va shu kungacha bankka tegishli o‘zgartirishlar amalga oshirish uchum murojaat qilmagan mijozlar, 2021 yilning 30 noyabrgacha identifikatsiya qilish jarayonini o‘tkazish uchun bankning eng yaqin filialiga yangi hujjat bilan murojaat qilishlari kerak.
Qo`shimcha ravishda yana shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 30 noyabridan keyin belgilangan identifikatsiya qilish tartib-qoidasidan o‘tmagan mijozlarning hisob raqamlari va bank kartalari tranzaksiyalari cheklanishini ma’lum qilamiz.