Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Har qanday kompaniyaning asosiy boyligi — bu «inso...

Har qanday kompaniyaning asosiy boyligi — bu «inson resurslari»!

07.07.2022
Har qanday kompaniyaning asosiy boyligi — bu «inson resurslari»!

Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida O‘zmilliybankning rivojlanish bo‘yicha katta menejerlari xorij mutaxassislarini jalb etgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etdilar.

Trening O‘zbekistondagi real keyslarni tahlil qilish orqali interaktiv shaklda o‘tkazildi.

O‘quv kursi natijalariga ko‘ra 20 dan ortiq katta menejerlar nafaqat mijozlar bilan, balki jamoada ham ishni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.

O‘quv dasturi yakuni bo‘yicha «2022-yil I yarim yilligining eng yaxshi katta menejeri va resepshn xodimi» loyihasi o‘tkazildi va uning yakunlariga ko‘ra Bank rahbariyati nominantlarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirdi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU