«Foydaliy Milliy» аksiyaning 3-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar hamda super sovrin o‘yini haqida
Hurmatli mijozlar!
2023-yil 22-may kuni soat 15:00da “Milliy” mobil ilovasidan aksiyaning 3-bosqichi hamda butun aksiyaning yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya ko`rinishida aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻyinning 3-bosqichida ishtirok etish uchun 2023-yil 3-17 may kunlari “Milliy” mobil ilovasi orqali 100 000 so‘m va undan ortiq summaga kommunal to‘lovlarni amalga oshirish zarur edi.
O‘yinning 5 nafar g‘olibi 1 000 000 so‘m mablag`ga ega xalqaro Mastercard Gold (UZS) kartasi sohibiga aylanadi.
Super sovrin - 5 000 000 so‘m tushirilgan xalqaro Mastercard Gold (so‘m) kartasi egasi bo‘lish uchun esa o‘yinning barcha bosqichlarida ishtirok etish lozim edi.
Barchaga omad tilaymiz!