"Devis kubogi" musobaqalari
Tez kunlarda “HUMO ARENA” sport majmuasida barchamiz intiqlik bilan kutayotgan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tadi.
2-3 fevral kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi "Devis Kubogi" uchun o'yinlarini Polsha terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv boshlanish vaqti:
2 fevral – 14:00;
3 fevral – 13:00.
Bundan tashqari, musobaqaning ikkinchi kunida “Oila va sport kuni” bayrami doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir boshlanish vaqti:
3 fevral - o'yinlar boshlanishidan 1 soat oldin.
Uchrashuvlardan so‘ng o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvlar va bayramlarga kirish faqat taklifnoma bilan amalga oshiriladi.
Ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlik va tartibni ta’minlash maqsadida xulq-atvor qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.