Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Bozor xizmatlari hajmi shu yilning 1-choragida 18 ...

Bozor xizmatlari hajmi shu yilning 1-choragida 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi

03.05.2016

Bozor xizmatlari hajmi shu yilning 1-choragida 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi

UzReport.uz

   Statistika qo'mitasi tomonidan shu yilning yanvar-mart oylarida mamlakatimiz xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanish ko'rsatkichlari ma'lum qilindi. Unga ko'ra, xalqaro standartlarga mos keluvchi  faoliyat turlari bo'yicha tovar va servislar  statistik tasniflagichi asosida shakllantirilgan bozor xizmatlari hajmi 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi.

   2016-2020 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish Dasturiga muvofiq xizmat ko'rsatuvchi  korxonalari faoliyatini muvozanatli  rivojlantirish va diversifikatsiyalash, xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatini oshirishga yo'naltirilgan vazifalarning amalga oshirilishi ushbu sohani jadal rivojlanishiga olib kelmoqda.

   Natijada, 2016 yilning yanvar-mart oylarida, bozor xizmatlari hajmi 18 trln. 601 mlrd 6 00 mln so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatikch o'tgan yilning shu davriga nisbatan 12,1 foizga o'sdi. Jami xizmatlarning o'sishiga 122,9 % lik ko'rsatkich bilan moliyaviy xizmatlar, 114% lik o'sish sur'ati bilan sog'liqni saqlash  tizimi katta ta'sir ko'rsatdi.

   Shuningdek, savdo sohasida 113,1% lik o'sish qayd etildi. Bundan tashqrai,  Ko'chmas mulkka sohasidagi  xizmatlar 112,5% ga o'sdi.   Xizmatlarning umumiy hajmida eng katta ulushni transport (30,3 %), savdo (27,3 %), moliyaviy xizmatlar va (11,9 %), aloqa va axborotlashtirish sohasi egalladi. (7,1 %) .

UzReport.uz

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU