Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"Banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlar...

"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi haqida

03.03.2025

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 18 fevral kuni "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko'ra, endilikda bitta bankdagi bitta omonatchiga, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun kafolatlangan omonat summasi 200 mln. so'mni tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan kompensatsiya miqdori, qonun kuchga kirgandan keyin joylashtirilgan, yangi omonatlarga nisbatan qo'llaniladi.

Undan oldin ochilgan omonatlar uchun ularning miqdoridan qat'i nazar, to'liq kafolat tizimi saqlanib qolinadi.

Agar omonat 200 mln. so'mdan kam bo'lsa, u to'liq hajmda kafolatlanadi.

Mijozlar avvalgidek, bankda 200 mln. so'mdan ortiq miqdordagi omonatlarini joylashtirishlari mumkin. Bankda pul mablag'larini saqlash, ularni uyda saqlashdan ko'ra ancha xavfsizroq va foydaliroq.

Kafolatlangan summa faqat bank tugatilgan taqdirda qo'llaniladi, boshqa hollarda banklar omonat shartnomalari bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishda davom etadilar.

Davlat 200 mln. so'mgacha mablag'ni qoplab berishni kafolatlaydi, bunda omonatchi esa qolgan summani bankdan talab qilishi mumkin.

Shuningdek, qonun kuchga kirgandan so'ng, kompensatsiya to'lashni boshlash muddati 83 kundan 20 kungacha qisqartiriladi va asta-sekin 7 ish kunigacha kamaytiriladi.

Agar omonatchi o'z pulini belgilangan muddatda olishga ulgurmagan bo'lsa, uni qulay vaqtda o'z xohishiga ko'ra Omonatlarni kafolatlash agentligidan olishi mumkin.

Omonatlarni kafolatlash nima uchun kerak va nima uchun ma'lum cheklovlarni belgilash muhim?

  • Birinchidan, bu omonatchilarni himoyalash hisoblanadi: agar bank tugatilsa, omonatchilar o'z mablag'larini qaytarib olishlari mumkin;

  • Ikkinchidan, bu banklarni yuqori foiz stavkalari hisobiga emas, balki barqaror faoliyat hisobiga raqobatlashishga undaydi.

O'zbekiston banklarida omonatlarni himoyalash kafolatlari to'g'risidagi yangi qonun omonatlarni kafolatlash tizimiga jiddiy o'zgarishlar kiritmoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki, "O'zmilliybank" AJda ochilgan omonatlar ishonchli himoyalangan, ularning omonatchiga qaytarilishi bankning moliyaviy barqarorligi bilan to'liq kafolatlangan.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU