Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Azim Axmedxadjayev “Asaka” banki boshqaruvi raisi ...

Azim Axmedxadjayev “Asaka” banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

20.05.2016

Azim Axmedxadjayev “Asaka” banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Axmedxadjayev Azim  Israilovich 2011-yildan beri O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Bank tizimida 2003-yildan beri ishlab kelayotgan A.Axmedxadjayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi hisoblanadi (2000-yil — bakalavr: “Xalqaro iqtisodiy aloqalar”, 2002-yil — magistr: “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”)

1995-yili tashkil etilgan “Asaka” banki O‘zbekistonning eng katta ikkinchi tijoriy banki hisoblanadi. Uning asosiy aksiyadorlari — Moliya vazirligi (54.14 foiz), “O‘zavtosanoat” kompaniyasi (12.94 foiz), O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (12.93 foiz), Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (6.10 foiz), Navoiy kon-metallurgiya kombinati (2.34 foiz), Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (5.46 foiz) va “O‘zbekiston temir yo‘llari” (2.29 foiz) kompaniyasidir.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU