2022 yil 21 sentyabr kuni “BASTION” telegram kanalida yoritilgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat
2022 yil 20 sentyabr kuni “BASTION” telegram kanalida eʼlon qilingan maqolada Ism sharifi oshkor qilinmagan fuqaro Farg‘ona viloyatidagi banklarda naqd xorijiy valyuta yaʼni AQSh dollari mavjud bo‘lmaganligi sababli “O‘zmilliybank” AJning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Markaziy amaliyot, Yunusobod va Amaliyot filiallariga joriy yil 20 sentyabr kuni xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan pul mablag‘larini olish uchun kelgan.
Murojaatchi filial xodimlari tomonidan pul mablag‘larining bir qismini milliy valyutada bir qismini AQSh dollarida berilishi yoki bankda pul o‘tkazmalari tizimi ishlamayotganligidan eʼtiroz bildirgan.
Hozirgi kunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali pul to‘lovlari hajmi ko‘payganligi natijasida bank filiallarida mijozlar oqimi ko‘paygan hamda ayrim hollarda ko‘p sonli navbatlar yuzaga kelmoqda. Bunda aholi va mijozlarga qulayliklar yaratish hamda sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahridagi barcha filiallarda elektron navbatlar joriy qilingan.
"O‘zmilliybank" AJning barcha filiallarida, shu jumladan, Toshkent shahar Bosh boshqarmasi filiallarida ham mijozlar talabidan kelib chiqqan holda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelgan pul mablag‘lari mijoz hohishiga ko‘ra milliy valyuta yoki AQSh dollarida hech qanday cheklovlarsiz naqd berilmoqda. Bank kassalarida naqd chet el valyuta qoldiqlari kamayganda, muntazam ravishda madad pullari yetkazib berilyapti.