«O’zmilliybank» AJ tanlov e'lon qiladi
“Oʻzmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Filialidan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A. Navoiy koʻchasi, 27-uyda joylashgan ob`ektgacha tolali-optik VOK-8 kabelni oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun Toshkеnt shahar Bosh boshqarmasi filiali amaliyot bo‘limi uchun tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun qurilish tashkilotlari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi shart:
-
ishlarni bajarish (xizmatlarni koʻrsatish) uchun zarur mutaxassislar va resurslarga ega boʻlishi;
-
professional va texnik malakaga ega boʻlishi;
-
shu kabi obʼyektlarda tolali-optik kabelni oʻtkazishda tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
-
shartnoma tuzishda fuqarolik-huquqiy va huquqiy tavsifdagi kompetensiyaga ega boʻlishi.
Tashkilotlar tanlov taklifida majburiy tarzda ishlarning QQS bilan yoki QQSsiz qiymatini koʻrsatishlari kerak.
Qoʻshimcha maʼlumotni va joriy loyihaviy maʼlumotlarni olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: 100019, Toshkent sh., Olmazor tumani, Gʻafur Gʻulom koʻchasi, 1-uy. Telefonlar: 71 244-35-01, 78 147-77-87. Aloqada bo`ladigan shaxs: Kadiyev Agat.
Tanlov takliflari 2020 yil 3 iyul soat 18:00 gacha quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi:
Toshkent sh., Olmazor tumani, Gʻafur Gʻulom koʻchasi, 1-uy.
Majburiy shart - joyga chiqib obʼektni oʻrganish hisoblanadi.