"O'zmilliybank" AJ tanlov e'lon qiladi
"Jizzax viloyati, Jizzax shahrida O’zmilliybank AJ Jizzax filiali binosi qurilishi" ob'ektida nazorat o'lchov xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotni tanlash to'g'risida tanlov e`lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuridik shaxslardan qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etgan shaxslarga tanlov hujjatlarini berish, e'lon berilgan kundan boshlab 10 (o'n) kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Tanlovda qatnashish uchun tashkilotlarga qo'yiladigan talablar:
- Nazorat o'lchov xizmatlarini taqdim etish tajribasi;
- malakali xodimlarning mavjudligi/
Olingan tanlov hujjatlari asosida tayyorlangan tijorat takliflarini qabul qilish har kuni (ish kunlari) soat 9.00 dan 16.00 gacha (Toshkent vaqti bilan) yopiq konvertda, ushbu takliflarni berish shaklidan qat'i nazar - buyurtma yoki pochta orqali amalga oshiriladi. Takliflarni qabul qilishning so'nggi kuni - 2020 yil 25 fevral.
Tanlov hujjatlarini, shuningdek tijorat takliflarini quyidagi manzilga taqdim etilishi mumkun:
100084, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 101-uy.
Murojaat uchun telefonlar: (78) 147-15-22, (97) 410-10-87, (90) 924-06-64.
Davlat Dasturlarini krеditlash va moliyalash dеpartamеnti.
Aloqada bo`luvchi shaxs: Usarov Davron Tagaevich, Anvarov Javohir Boxodir o’g’li.