Turizm sohasini rivojlantirish
Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish uchun kredit


60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyozli davr

5 milliard so‘mgacha
Kredit maksimal miqdori
21% dan
Kredit foizi
Kredit shartlari
Milliy valyutada
Kredit muddati: 60 oygacha
Imtiyozli davr: 12 oygacha
Kredit maksimal miqdori: 5 milliard so‘mgacha
Kredit foizi: 21 %
(16,8% hisoblangan foizlarning 4,2% Tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qoplab berilganda)
To‘lov muddati: har oyda
Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30%

Аylanma mablag’larni to’ldirish uchun milliy valyutada
Kredit muddati: 18 oygacha
Imtiyozli davr: 6 oygacha
Kredit maksimal miqdori: 1,0 mlrd. so‘mgacha
Kredit foizi: 22,5 %
To‘lov muddati: har oyda
Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30% bo‘lishi lozim

Kreditni qanday rasmiylashtirish kerak?
Kredit shartlari bilan tanishing
Kerakli hujjatlarni tayyorlang
Bank ofisiga tashrif buyuring va kredit oling
Turizm loyihalarini kreditlash bo’yicha alohida shartlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-232-sonli qarori asosida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun quyidagi me'zonlar belgilangan:
Turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish mezonlari
oilaviy mehmon uylarini ta'mirlash uchun 100 million so‘mgacha,
mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar bilan jihozlash uchun 50 million so‘mgacha;
suzish havzalarini tashkil etish uchun 200 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.
Turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda kredit ajratilishi tavsiya etiladigan xizmat turlari
mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni;
umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
turistik ko‘ngilochar maskanlar;
aviakassa, turoperator va turagent xizmati;
boshqa turizm sohasiga oid xizmat turlarini tashkil etish
Turizm yo'nalishidagi loyihalar bank tomonidan quyidagi mezonlar orqali saralanadi
Loyiha joylashuvi;
Hududdagi turistlar oqimi;
Hududning ixtisoslashuvi;
Transport qatnovi mavjudligi;
Hududdagi raqobat darajasi;
Tarixiy obidalarning mavjudligi;
Loyihaning istiqbolligi;
Loyihaning ijtimoiy manfaatlari.
Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyat davriga qarab belgilanadigan kredit miqdori
6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha,
6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha,
1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha,
2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha,
3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha