“Zolotoy gorod” tеlеgram kanalida e’lon qilingan post yuzasidan “O‘zmilliybank”AJ rasmiy munosabati
“Zolotoy gorod” tеlеgram kanalida “O‘zmilliybank”AJ Zarafshon BXMda navbatda turgan mijozlar vidеo tasviri qo‘yilgan post yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Aniqlangan holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Navoiy kon-mеtallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon boshqarmasining ishchi xodimlariga ish xaqi loyihasi bo‘yicha Zarafshon BXM tomonidan 43 815 ta XUMO plastik kartochkalari ochilgan bo‘lib, shundan 2019 yil noyabr-dеkabr oylarida 8 200 tasi emissiya qilingan.
Bugungi kunda ushbu emissiya qilingan plastik kartochkalarning 3 yillik amal qilish muddati tugab, yangisiga almashtirish jarayoni davom etmoqda.
Shu sababli bank tomonidan Markaziy kon boshqarmasi ishchi xodimlarining muddati o‘tgan plastik kartochkalari bo‘yicha ro‘yxat ma’lumoti olinib, XUMO plastik kartochkalari kunlik emissiya qilinib, egalariga topshirilmoqda. Bu jarayonda Zarafshon BXM Chakana amaliyotlari bo‘limi barcha xodimlari tomonidan amal qilish muddati tugagan plastik kartalarni qayta emissiya qilish ishlariga jalb qilingan va mijozlarni kuttirmaslik uchun mavjud imkoniyatlar ishga solingan.
Ma’lumot uchun, “O‘zmilliybank”AJ Zarafshon BXM mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish borasida zarur choralarni ko‘radi.