“Yozni uzaytiring” – “O`zmilliybank” AJ va Mastercarddan yangi aksiya
“O‘zmilliybank” AJ Mastercard Xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda bosh sovrini – Dubayga ikki kishilik sayohat bo`lgan yangi “Yozni uzaytiring” aksiyasini boshlaydi.
Aksiya “O`zmilliybank” AJning Mastercard xalqaro to‘lov kartalari (Virtual, Standard, Gold, Platinum, World Elite) egalari o‘rtasida 2023-yilning 5-iyulidan 4-oktabriga qadar o‘tkaziladi.
Aksiya davomida har oyda qimmatbaho sovg‘alarning oraliq o‘yinlari o‘tkaziladi:
1-o‘rin – MacBook noutbuki;
2-o‘rin – iPhone 14 Pro Max smartfoni;
3-o'rin - Sony PlayStation 5 o'yin qurilmasi.
Aksiya muddati tugagach Bosh sovrin o'ynaladi.
Aksiyaning oraliq o‘yinlarida qatnashish uchun bitta Mastercard kartasidan umumiy summasi 25 AQSh dollari ekvivalenti yoki undan ortiq summaga tranzaktsiyalarni amalga oshirish zarur.
Aksiya muddati tugagandan so‘ng Bosh sovrin o‘yinida qatnashish uchun Aksiya boshidan boshlab Mastercard kartasi orqali 100 AQSh dollari ekvivalentdagi va undan ortiq summaga operatsiyalarni amalga oshirish kerak.
Bu savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari terminallarida yoki Internetda tovarlar/xizmatlar uchun to'lov, Mastercard Send xizmati orqali pul o'tkazmalari, shuningdek, boshqa bank infratuzilmasida naqd pul yechib olish bo'lishi mumkin.
Aksiyada Bank tarmog‘idagi bankomatlar va terminallar orqali konversiya va naqd pul yechib olish operatsiyalari hisobga olinmaydi.
Sizda hali bankimizning Mastercard kartasi yo'qmi? Unda shoshiling, kartani Milliy mobil ilovasida va “O`zmilliybank” AJning istalgan filialida ochishingiz mumkin.
Aksiyada ishtirok eting va ajoyib sovg‘alar sohibiga aylaning!
Aksiya haqida to`liq ma`lumot quyidagi havola orqali: https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/o-zbekiston-milliy-banki-va-mastercarddan-yozingni-uzaytir-aksiyasi/.