Yoshlar bilan ochiq muloqot
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi murojaatini inobatga olgan holda “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi Mirsoatov Alisher Qudratullaevich 2021 yil 28 may kuni soat 12:00 da Buxoro viloyatining Buxoro tumani, Yangi turmush MFY, Korajeri qishlog’ida joylashgan “Yosh paxtakor” bolalar yozgi oromgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazadi.
Ushbu uchrashuvda ishtirok etish istagidagi yoshlarni taklif qilamiz.
Qo’shimcha ma'lumotlar olish uchun 91 449 01 12 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Uchrashuv ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish ko’rsatilgan manzilda 2021 yilning 28 may kuni soat 11:30 da boshlanadi.