Yoshlar bilan ochiq muloqot
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi murojaatini inobatga olgan holda “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi Mirsoatov Alisher Qudratullaevich 2021 yil 30 iyun kuni soat 12:00 da Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Guliston QFY, Yоshlar shaharchasida Rеspublika maxsus komissiyasining qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazadi.
Ushbu uchrashuvda ishtirok etish istagidagi yoshlarni taklif qilamiz.
Uchrashuv ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish ko’rsatilgan manzilda 2021 yilning 30 iyun kuni soat 11:30 da boshlanadi.