Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Yangi temir yo'li va tunnel transport va yuk trasp...

Yangi temir yo'li va tunnel transport va yuk trasportirovkasi bilan bog'liq masalalarni hal qiladi

28.07.2014

Bundan bir  yil avval  “O'zbekiston temir yo'llari” Davlat aksiyadorlik temir yo'l kompaniyasi tomonidan yangi elektrlashtirilgan ”Angren-Pop” temir yo'li qurilishi  boshlangan edi.  O'tgan yilning sentyabr oyida  “O'zbekiston temir yo'llari” DATK bilan Xitoyning “China Railway Tunnel Group” kompaniyasi  o'rtasida  tunnel qurilishi bo'yicha umumiy qiymati 455 mln. AQSh dollariga teng   shartnoma imzolangan.  Loyiha doirasida poyezdlar harakatlanishi uchun  umumiy  uzunligi 19 km.ga teng Qamchiq dovonidan o'tuvchi  tunnel quriladi. 

Transport –  kommunikatsiya   tarmoqlari, savdo sotiq va iqtisodiy  rivojlanishda strategik ahamiyatga  molik soha hisoblanadi. O'zbekistonning temir yo'l liniyalari uzunligi bugungi kunda  4200 km.ni tashkil qilmoqda. Ichki  yuk aylanmasining 60 foizi  va eksport-import yuk aylanmasining qariyib 80 foizi  bugungi kunda temir yo'llari ulushiga to'g'ri keladi. Ayni shularni  hisobga olgan holda,   “O'zbekiston temir yo'llari” DATK  bundan 3 yil avval   umumiy uzunligi 122,7  km.ni tashkil qiluvchi   elektrlashtirilgan “Angren-Pop”  temir yo'li qurilishini boshlagan. Dastlabki hisob kitoblarga ko'ra, loyiha 1,7 mlrd. AQSh dollar atrofida  baholangan.  Loyihani moliyalashtirish bo'yicha   Xitoy Eksimbankining 350 mln. AQSh dollar miqdoridagi zayomi,  shuningdek Jahon bankining 200 mln. AQSh dollar qiymatidagi  kredit liniyasi ham jalb qilinmoqda.   Temir yo'l    Qamchiq dovonidan o'tadi va O'zbekistonning markaziy qismini  hozirda  10 mln. aholi  istiqomat qilayotgan Farg'ona vodiysi bilan bog'laydi.  Buning uchun esa  Qamchiq dovonida  tunnel qurilmoqda.  Tunnel qurilishi   Xitoyning   “China Railway Tunnel Group”  kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.  Loyiha doirasida  120 mln. AQSh dollariga teng mablag'larni o'zlashtirish ko'zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qamchiq dovonidan  bir kecha-kunduzda 15-20 ming transport vositasi o'tadi.  Ekspertlar temir yo'l va tunnel qurilishi  eng avvalo,  yuz minglab kishlar va  minglab tonna yuklarning  o'z manziliga  xavfsiz yetkazilish  kafolati bo'ladi, deya ta'kidlashmoqda.  Yangi  temir yo'l liniyasini  2016 yilning iyul-avgust oylarida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.  Loyiha  Farg'ona vodiysi aholisi va  ushbu hududda  faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar uchun  transport, yuklar trasportirovkasi  bilan bog'liq muammolarni hal qilishga  imkon yaratadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston bilan  Xitoy o'rtasida yo'lga qo'yilgan  iqtisodiy  hamkorlik  doirasidagi eng yirik loyiha   ichki transport  tizimini rivojlantirish barobarida Osiyo bilan Yevropani bog'lovchi transmilliy  transport yo'lagining  muhim  qismiga aylanadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU