“Voditeli Tashkenta” guruhidagi post yuzasidan O‘zmilliybank RADDIYaSI
Mazkur e'lon Islam Batirov ismli foydalanuvchi tomonidan yozilgan bo‘lib, e'londa Nozima Ayxodjaeva ismli fuqaro narkotik moddalar iste'mol qilgan holda avtotransport vositasini boshqargani, bu fuqaro O‘zmilliybank xodimi ekanligi aytilgan va bu holat bo‘yicha bank tomonidan izoh berilmayotganligi bo‘yicha e'tiroz bildirilgan.
Mazkur (post) e'londa ismi qayd etilgan fuqaro Ayxodjaeva Nozima Xasanovna O‘zmilliybank tizimida faoliyat ko‘rsatmaydi.
O‘zmilliybank Matbuot xizmati 71 235 45 36 telefon raqami orqali asosli va sifatli ma'lumotlarni berishga doimiy ravishda tayyorligini ma'lum qiladi.