Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Visa Direct xizmati orqali o'tkazmalar yuboriladig...

Visa Direct xizmati orqali o'tkazmalar yuboriladigan mamlakatlar ro'yxati yangilandi

07.07.2021

Aziz mijozlar, sizlarga ajoyib yangilikni yetkazmoqchimiz! 

Milliy mobil ilovasida Visa Direct xizmatidan foydalangan holda pul o'tkazmalari yuboriladigan mamlakatlarning yangilangan ro'yxati bilan tanishing. “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalari egalari endi dunyoning 55 mamlakatidagi, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborishlari mumkin.

O‘tkazma yuborish mumkin  bo'lgan mamlakatlarning to'liq ro'yxati: Ozarbayjon, Belorusiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Malta, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya , Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Singapur, BAA, Gonkong, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Malayziya, Isroil, Yangi Zelandiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha , Shveytsariya, Tayvan, Vetnam, Hindiston, Yaponiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Maldiv Respublikasi, Indoneziya va Janubiy Afrika.

- “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalari o'rtasida o'tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi;

- “O‘zmilliybank” AJ Visa kartalaridan boshqa banklarning Visa kartalariga o'tkazmalar  - 1%, min - $1;

- Kartadan kunlik o'tkazma limiti - $1000  ekanligini sizga eslatib o'tamiz.

Pul o'tkazish uchun sizga oluvchining karta raqami, shuningdek uning ismi va familiyasi kerak bo‘ladi, xalos. Pul Visa kartasiga turli banklar o'rtasida o'tkazma bo'lgan taqdirda ham, darhol kеlib tushadi.

“O‘zmilliybank” AJ Visa kartalarini oching va Visa Direct xizmati orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga pul o'tkazmalarini amalga oshiring!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU