Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Vilnyusda O'zbekiston-Litva iqtisodiy hamkorlik bo...

Vilnyusda O'zbekiston-Litva iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining to'rtinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

01.08.2013

 

2013 yil 29 iyul kuni Litva poyxtaxti Vilnyus shahrida O'zbekiston-Litva iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining to'rtinchi yig'ilishi  bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri birinchi o'rinbosari Akmal Kamolov va Litva tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Andryus Krivaslar iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish borasida o'zaro fikr almashdilar.

Tomonlar iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Matbuot xizmati.

Litva tomonining ma'lum qilishicha, 2012 yilda ikkitomonlama tovar ayirboshlash 57% ga o'sgan va 40,6 mln. yevroni tashkil etgan. Shu yilning yanvar-aprel oyilarida esa  2012 yilning shu davri bilan taqqoslaganda o'sish 3 barobarga ortgan.

Yig'ilishda axborot texnologiyalari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish materialari ishlab chiqarish, transport va tibbiyot xizmati sohasidagi Litva kompaniyalarining O'zbekiston bilan hamkorlik qilishiga urg'u berildi. Bundan tashqari oliy ta'lim muassasalarining to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatishi muhimligi ta'kidlab o'tildi. 

O'z navbatida Litva delegatsiyasi transport sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlariga e'tibor qaratib, O'zbekistonga strategik ahamiyatga ega bo'lgan Klayped porti va Sharq-G'arb yo'lagida yuklarni tashish uchun Litva transport va logistika infrastrukturasidan foydalanishni taklif qildi.

 

 

 

UzReport 01.08.2013

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU