Tranzit hisobraqamlarni saytdan bilib ol!
01.02.2019
Biz mijozlarga oddiy narsalarda bo‘lsa ham yanada ko‘proq qulayliklar yaratishga intilamiz. Endi bizning saytimizda barcha filiallarning tranzit hisobraqamlarini* ko‘rish mumkin.
«Filiallar va bo‘limlar» mеnusini ochamiz, ro‘yxat yoki xaritadagi kеrakli filialning ustiga bosamiz va kontakt ma’lumotlari bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslarga mablag‘ o‘tkazishga mo‘ljallangan tranzit hisobraqamlarni ko‘ramiz.