Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
To'lov tizimidagi takomillashuv naqd pulsiz aylanm...

To'lov tizimidagi takomillashuv naqd pulsiz aylanmani qisqartirmoqda

06.05.2015

Markaziy bank tomonidan berilagan ma'lumotlarga ko'ra, naqd pulsiz hisob-kitob tizimini kengaytirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda qaysi bank xizmat ko'rsatishidan qat'i nazar, barcha savdo shoxobchalarida plastik kartochkalar yordamida yagona tartibda bank operatsiyalarini o'tkazish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalari ishlab chiqilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, joylarda 2400 dan ortiq mini-bank va maxsus kassalar faoliyat ko'rsatmoqda. Ma'lumki, hisob-kitoblarning naqd va naqd pulsiz shakli iqtisodiyotning mo'tadil faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyatga ega.  Shu yilning dastlabki uch oyida 1100  yangi tadbirkorlik sub'ektlari inkassatsiya xizmatiga jalb etildi.

Buning uchun respublika bo'yicha 603 ta inkassatsiya yo'nalishi ochilgan. Shu paytga qadar banklar tomonidan  14 mln dona plastik kartochka muomalaga chiqarilgan. Elektron hamyondan to'lovlarni uzluksiz qabul qilish uchun tijorat banklari tomonidan 163 mingdan ortiq chakana savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari to'lov terminallari bilan ta'minlandi.  Terminallarni chekka hududlardagi chakana savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlariga ham o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari  2 mingga  yaqin   ko'p funksiyali infokiosk  va bankomatlar o'rnatildi. Endilikda plastik kartochka egalari undan universal to'lov vositasi sifatida foydalanib, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat va maishiy mahsulotlar, pullik, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni har kanday masofadan turib, istalgan vaqda amalga oshirishlari mumkin. Bu borada o'sish suratlari savdo va servis sohalarida 50 foizga yetdi.Oxirgi besh yil mobaynida esa  kartochkalar  orqali to'lovlar hajmi 3 barobarga oshdi. Markaziy bank tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda 73 mingdan oshiq tadbirkorlik tuzilmasi o'zlarining ichki xo'jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olish hamda xizmat safari xarajatlari bo'yicha tezkor hisob-kitoblarni amalga oshirmoqdalar.

Korporativ kartalar xo'jalik sub'ektlariga dam olish kunlari yoki bank ish kunidan tashqari paytda ham terminallar orqali to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi paytda har oyda o'rtacha 1,8 trln so'mdan ortiq tovarlar va xizmatlar, shuningdek, 187 mlrd so'm mikdoridagi kommunal to'lovlar elektron tizimlar orqali amalga oshirilmoqda.

 

 

UzReport

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU