Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlari...

Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlari uchun 7,9 trln. so'm miqdorida kreditlar ajratildi

22.10.2015

Shu yilning  9 oyida banklar tomonidan  iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlar hajmi 2014-yilning shu davriga nisbatan 30,1 foiz ko'payib, 1-oktyabr holatiga ko'ra, 39,7 trln. so'mdan ziyod bo'ldi. Ushbu ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi  Markaziy banki  boshqaruvining 20-oktyabr kuni bo'lib o'tgan   kengaytirilgan yig'ilishida ma'lum qilindi.

Banklarning investitsiya maqsadlariga ajratilgan  kreditlari miqdori ham o'tgan  yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar oshib, 7,9 trln. so'mni tashkil qildi.

Davlatimiz rahbarining kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosini ta'minlash natijasida  tadbirkorlarga  ajratilgan kreditlar hajmi 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko'payib,  shu yilning 1-oktyabr holatiga ko'ra,  9,6 trln. so'mga teng bo'ldi.

Jumladan, mikrokreditlar hajmi 2 trln. so'mdan oshib, bu ko'rsatkich ham 1,3 barobardan ziyodga o'sgan.

Tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan kreditlar miqdori 985,4 mlrd. so'mdan ko'p bo'ldi.

Shuningdek, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga ham jiddiy e'tibor berib kelinmoqda. Xususan, hisobot davrida mazkur yo'nalishga 1,4 barobarga ko'p, ya'ni  228,2 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi.

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU