Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Bankir kundaligi” ...

Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Bankir kundaligi” kanaliga @bankirbot boti orqali kelib tushgan murojaatga

17.09.2020

MUNOSABAT

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan chora tadbirlar, berilayotgan tavsiyalarga bank tizimida ham qat'iy amal qilinmoqda. Jumladan, bank xodimlari va mijozlar salomatligini saqlash maqsadida sanitariya talablariga to‘liq rioya etilgan holda tana haroratini o‘lchovchi qurilmalar, dezinfeksiya va himoya vositalari (qo‘lqop, tibbiy niqob, kombinzon) bilan ta'minlanib, bank xizmatlarini ko‘rsatishda ijtimoiy masofani saqlashga katta e'tibor berilmoqda.

Afsuski bugungi pandemiya sharoitida aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan bank xodimlari o‘rtasida ham koronovirus bilan kasallanish holatlari uchrab turibdi.

Koronovirus alomatlari sezilgan hollarda, bank xodimlari tezkorlik bilan virusni aniqlovchi PZR test topshirish ishlarini amalga oshirib, o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibiga o‘tkazilmoqda va zarur tibbiy muolajalar o‘tkazish maqsadida kasalxonalarda davolanib chiqishmoqda.

Kasallikdan tuzalgan bank xodimlari virusni aniqlovchi PZR testlarini qayta topshirib sog‘ligi to‘liq tiklangandan so‘ng ish faoliyatini davom ettirishmoqda.

Murojaatda keltirilgan holat bo‘yicha shuni qayd qilib o‘tamizki, “O‘zmilliybank” AJ Farg‘ona viloyati va tumanlari filiallari xodimlari orasida ham koronavirus kasalligi bilan kasallanish holatlari mavjud, bu hollarda xodimlar kasallik o‘zgalarga yuqmasligining oldini olgan holda belgilangan tibbiyot muassasalarida davolanish kurslarini o‘tamoqdalar.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU