Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Seminar-treningda investitsiya faoliyati sohasidag...

Seminar-treningda investitsiya faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi va tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishning borishi ustidan parlament, deputat nazorati masalalalari muhokama qilindi

20.05.2013
UzReport 08.05.2013

      O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida investitsiya faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi va tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishning borishi ustidan parlament, deputat nazoratining ta'sirchanligi va samaradorligini ta'minlash masalalari mavzuida seminar-trening bo 'lib o'tdi.
     Parlament yuqori palatasining Tashqi siyosat masalalari qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur tadbirda senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati mas'ullari, olimlar, qator vazirliklar, idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
     Seminarda ta'kidlab o'tilganidek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish strategiyasi qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish va chet el investitsiyalari hajmini oshirishda hal qiluvchi omil bo'ldi. “Chet el investitsiyalari to'g'risida”gi hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari mamlakat investitsiyaviy siyosatini ro'yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
     So'nggi yillarda O'zbekistonda mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Natijada oxirgi o'n yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 3,2 baravar ortdi, to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari hajmi esa bu davrda 20 baravardan ziyod o'sdi. 2005 — 2012 yillar mobaynida chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan korxonalar tomonidan 1,1 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqilgan. “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalarining tashkil etilishi bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'ldi.
     Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish masalalarida parlament, deputatlik nazorati rolini kuchaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Senat qo'mitalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari faoliyati sezilarli darajada faollashdi, ularning majlislarida chet el investitsiyalarini jalb etish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish masalalari muntazam ravishda ko'rib chiqila boshladi, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ahamiyati ortdi. 2012 yilning avgust oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to'qqizinchi yalpi majlisida mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar to'g'risida parlament eshituvi o'tkazildi.
     Zamonaviy interfaol tarzda o'tgan seminar-treningda bu sohadagi qator masalalar, jumladan, qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini nazorat qilish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan talabchanlikni oshirish, mintaqalarda investitsiyaviy faoliyat imkoniyatlari va shart-sharoitlari to'g'risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish, investorlarga yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda zarur yordam va ko'mak berish singari yo'nalishlar batafsil ko'rib chiqildi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati.
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU