Respublikada kir yuvish kukuniga bo'lgan ehtiyojlar mahalliy korxonalar tomonidan 20 %ga qondirilmoqda
Bugungi kunda respublikada jami ishlab chiqarilayotgan umumiy oziq-ovqat mahsulotida uyushma tarkibidagi korxonalarning ulushi qariyb 40 foizni, xususan, o'simlik yog'i, margarin, shakar, atir sovun va xo'jalik sovuni ishlab chiqarishdagi ulushi 100 foizni tashkil etmoqda. Joriy «Obod turmush yili»da ushbu ko'rsatkichlarni yanada oshirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilga belgilangan istiqbolli loyihalardan yana biri «Qo'ng'irot natriy sulfat» korxonasini barpo etishdan iborat bo'lib, ayni vaqtda korxona binosi barpo etilib, Xitoy Xalq Respublikasidan shartnoma asosida natriy sulfat va yodlangan osh tuzi ishlab chiqarishga moslashtirilgan texnologik uskunalar bosqichma-bosqich keltirilmoqda. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 2013 yilning oktyabr oyida yakuniga yetkazilib, to'liq quvvat bilan ishlay boshlagach, bir kunda 148 tonna natriy sulfat va 148 tonna yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish imkoni vujudga keladi, deb habar beradi Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi axborot xizmati.