Qayta moliyalash stavkasini amaldagi 10 foizdan 9 foizgacha tushirildi
05.01.2015
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasidan kelib chiqqan holda hamda yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini, iqtisodiyotning real sektorida investitsion faollikning oshishini yanada rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2015 yilning 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasini amaldagi 10 foizdan 9 foizgacha tushirish bo'yicha qaror qabul qildi.
UzReport