O'zmilliybank 'Moody's' va 'Standart & Poor's' kabi xalqaro agentliklarning reytinglarini olgan va saqlab turibdi
Milliy bank 23 yillik faoliyati mobaynida ko'plab yutuqlarga erishib, mo'ljaldagi rejalarni amalga oshirishga muvoffaq bo'lib kelmoqda. Mamlakat moliya bozorining hozirgi zamon tarixi uchun bu muddat professional mahoratning munosib ko'rsatgichi hisoblanadi. Mijozlar sonining yil sayin ko'payib borayotganligi ham bunga yaqqol isbot bo'la oladi.
Shu o'rinda qayd etish joizki, Bank hozirgi kunda xalqaro bank hamjamiyatida katta va mustaham obro' qozonib, eng taniqli xalqaro nashrlarning nufuzli reytinglarida har yili ishtirok etib, jahon bank tizimida ilg'or pozitsiyalarni dadil saqlab turibdi.
1993 yildan buyon Milliy bank har yili "The Banker" nashri tomonidan e'lon qilinadigan jahonning 1000 ta eng yirik banki reytingidan joy olib kelyapti. Hozirgi kunda O'zmilliybank "Moody’s" va “Standart & Poor’s” kabi xalqaro agentliklarning reytinglarini olgan va saqlab turibdi. Xususan, " Standart & Poor’s" reyting agentligi Milliy bankka "V+" uzoq muddatli reytingi hamda "V" qisqa muddatli reytingini bergan. "Moody’s Investors Services" reyting agentligi bankning milliy valyutadagi depozitlari bo'yicha "V1/Not Prime", horijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha "V2/ Not Prime " reytinglarini belgilagan. Barcha reytinglar uchun prognoz-"barqaror".
Milliy bank Osiyo bankchilar uyushmasi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Taraqqiyot moliya muassasalari uyushmasi hamda Shanhay hamkorlik tashkiloti banklararo birlashmasi kabi bir qancha yetakchi xalqaro moliya muassasalarining azosi hisoblanadi.
UzReport