Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zmilliybank kichik biznes va xususiy tadbirkorli...

O'zmilliybank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratdi

29.10.2015

Bugungi kunda mamlakatimiz moliya muassasalari tomonidan sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, eksportga mo'ljallangan va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan korxonalarni qurish hamda modernizatsiya qilish, zamonaviy transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalarini yuksaltirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qator kreditlar ajratib kelinmoqda. Bu borada “O'zmilliybank” tomonidan olib borilayotgan samarali kredit siyosatini ko’rishimiz mumkin. Ta'kidalash kerakki, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy yilning 9 oyi davomida 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgan bo’lsa bevosita jismoniy shaxslarga 67,2 mlrd so'm miqdorida ipoteka hamda iste'mol kreditlari ajratildi.

Qayd etish kerakki, O’zmilliybank tomonidan ajratilayotgan kreditlar kichik biznes subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, shu jumladan, qishloq hududlarida namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishiga hamda yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Bevosita bank kredit portfelining 2015-yil 1-oktyabr holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, barcha ajratilgan kreditlar miqdori 9 trln. 321,4 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davridagi kredit portfeliga nisbatan 21 foizga o'sganligini ko’rishimiz mumkin. Bank kredit portfelining asosiy qismi uzoq muddatli kreditlardan iborat bo'lib, ular salmog'i kredit portfelning 97 foizini tashkil etmoqda.

Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:       

             -  Kredit portfelining asosiy qismi tarmoqlar bo'yicha transport va aloqani rivojlantirish, yonilg'i-energetika kompleksini, savdo va ta'minot korxonalarini, qishloq xo'jaligi, qurilish va qurilish materialari, oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlaridan iborat. Xorijiy valyutada kreditlash manbalariga xorijiy banklarning qayta moliyalashan mablag'lari, O'zbekisyun Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining mablag'lari va Bankning o'z mablag'lari tashkil etgan bo'lsa, milliy valyutadagi kreditlash manbalariga Bankning o'ziga tegishli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Moliya vazirligidan jalb qilingan resurslari kiradi.   

Shu bilan birga, bank tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat yuritishi va eksport salohiyati ortishini ta'minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Buning natijasi o’laroq, joriy yil boshidan hisobot sanasiga qadar bank tomonidan eksportchi korxonalarga 320,0 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, bank tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat muassasalari ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida hisobot davriga qadar 1 trln. 508,3 mlrd. so'm miqdorida investitsion kreditlar ajratilgan bo’lib, ularning qoldig'i 8 trln. 099,4 mlrd. so'mni yoki kredit portfelining 87 foizini tashkil etgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash, faoliyat olib borayotgan korxonalarda sut mahsulotlari, chorvachilik va boshqa qishloq xo'jaligi tovarlarini qayta ishlash uchun zamonaviy mini-texnologiyalarni xarid qilish kabi qator loyihalarga bank tomonidan bugungi kunga qadar milliy va xorijiy valyutalarda kreditlar ajratilib kelinmoqda.

Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank’ kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

-          2015 -yilning 1-oktyabr  holatiga  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 492,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi, shundan 229,0 mlrd. so'mi mikrokreditlardan iborat. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 baravarga ko'pdir. Shuningdek, tadbirkor ayollarga 220,0 mlrd. so'm, kollej bitiruvchilariga 40,0 mlrd. so'm va oilaviy tadbirkorlarga 40,0 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi.

O’zmilliybank tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida aholining, shu jumladan, yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda respublikamizning oliy o'quv yurtlarida o'qishga haq to'lash va boshqa maqsadlar uchun ipoteka va iste'mol kreditlari ajratilib kelinmoqda.

Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit partfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:   

-          Jumladan, joriy yil boshidan hisobot sanasiga qadar 60,0 mlrd. so'm miqdorida ipoteka kreditlari, shundan yosh oilalarga 20,3 mlrd. so'm, iste'mol kreditlari 7,2 mlrd. so'm, shundan yosh oilalarga 6,8 mlrd. so'm, oliy o'quv yurtlariga shartnoma asosida qabul qilingan talabalarga 8,1 mlrd. so'm miqdorida ta'lim kreditlari ajratildi.

Shuningdek bank tomonidan 2015-yilda qishloq  joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturiga muvofiq qurilayotgan uylarni moliyalashtirishga 173,2 mlrd. so'm miqdorida ipoteka kreditlari ham ajratildi.  

Ozod Sagdiyev “O’zmilliybank” kredit departamenti kredit portfelini rejalashtirish va tahlil qilish bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

 -         O'zmilliybank  tomonidan Respublikamiz hududlarida 66 ta ko'p qavvatli uy-joylarning qurilish ishlari uchun quruvchi tashkilotlarga joriy yilning 1-oktyabr holatiga 122,4 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.Shu bilan birga, yurtboshimizning "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" va Vazirlar Mahkamasining "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida "Kamolot" uylarini qurilishi va qayta ta'mirlash doirasida pudratchi tashkilotlarga jami bo'lib 30,5 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi.

Bir so’z bilan aytganda bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar mamlakat rivojiga o’z hisasini qo’shishi mumkin bo’lgan korxonalarning rivojlanishi hamda yangi bo’sh ish o’rinlarini paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda.

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.

Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.

Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.

Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.

Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.

Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.

Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.

Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Swift” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.

Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.

Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.

shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

o’tkazma nazorat raqami

jo’natuvchining ism Sharifi

jo’natuvchining mamlakati

kutilayotgan pul miqdori

NBFAUZ2X

O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.

Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;

- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;

- Guvohnoma (Sertifikat);

- Ta’sischilarning qarori;

- Litsenziyalar;

- Garov kadastri/texnik pasporti;

- Garovnning fotosuratlari;

- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;

- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan

faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)

- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish

Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha

Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin

Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.