Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini o...

O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha strategiya ishlab chiqiladi

30.11.2015

Bank forumning birinchi seksiyasida lizing xizmatlarini rivojlantirishda  banklarning  roliga ham   alohida e'tibor qaratildi. Lizing beruvchilar uyushmasi bosh direktori Zafar Mustafoyevning ma'lum qilishicha,  global moliyaviy  inqiroz ta'siri  haligacha saqlanib qolayotgan bo'lsada, xalqaro  lizing bozorida  o'sish kuzatilmoqda.

Masalan,  AQSH da har yili   21 foiz,  Yevropa Ittifoqida 14 foiz, Xitoy va Yaponiyada  mos ravishda 41 va 40 foiz, O'zbekistonda esa 10-15 foizlik o'sishga erishilmoqda. Aytish kerakki, bu MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko'rsatkich.  Mamlakatimizda  lizing  xizmatlarining ommalashuvi 2000-yillar boshida kuzatilib,  o'tgan yillar davomida  bozor yetarli darajada  diversifikatsiya qilindi. Agar rivojlanishning dastlabki bosqichida faqatgina qishloq xo'jaligi texnikasi lizingi  ommalashgan bo'lsa, bugungi kunda  lizing obyektlari qatoriga  texnika uskunalari, avtotransport, ko'chmas mulk lizingi ham qo'shildi. Lizing beruvchilar ustav jamg'armasida  banklar ulushi 46 foizni tashkil qilmoqda. Forum davomida  lizing xizmatlari bozorida banklar ulushini oshirish yuzasidan bir qator takliflar ham o'rtaga tashlandi.

Germaniyalik ekspertning ta'kidlashicha,  banklar  aholiga  moliya xizmatlari va mahsulotlarini taklif etish barobarida ularning moliyaviy savodxonligini  oshirishga ham e'tibor qaratishi lozim. 

-Mening nazarimda,  aholining  moliyaviy savodxonligini oshirish  banklar  uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  Banklar mijozi bo'lgan   aholi savdoxonligini oshirish  bank darajasini ko'tarishga  xizmat qiladi, deydi – Germaniya Jamg'arma kassalari fondi  departament direktori  Mittias Foss. - Ko'pincha  yuridik va jismoniy shaxslar banklardan  kredit olib, keyin uni qaytara olishmaydi. Chunki, ularning kreditni qaytarish qobiliyati past bo'ladi.  Shu kabi holatlarga yo'l qo'ymaslik uchun esa ularning moliyaviy savdoxonligini oshirish zarur.  Forum doirasida  biz  mahalliy tijorat banklari bilan  uchrashuvlar o'tkazib,   mijozlar savdoxonligini oshirish yuzasidan hamkorlik kelishuvlarini muhokama qilamiz. Aytishim kerakki,  o'tgan yilgi  forum  mening tashkilotimga  foydali  bo'lgan edi. O'ylaymanki, bu safar ham   forum  bu yerga kelgan har bir  moliyachining  bilim va ko'nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda respublikamizning  6 ta hududida Germaniya jamg'arma kassalari fondi tomonidan bank xizmatlaridan foydalanuvchilar o'rtasida so'rovlar o'tkazilmoqda.  Aynan ular asosida   moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha strategiya ishlab chiqiladi. 

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU