O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan kredit tufayli xo'jalik aylanma mablag'ining oshishiga erishildi
Joriy yilda Respublikamiz banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, o'rta biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Uchtepa filiali tomonidan “Imkon broyler” MCHJ ga berilgan kredit tufayli ushbu xo'jalik aylanma mablag’ining oshishiga hamda yangi ish o’rinlarining yaratilishiga muvaffaq bo'lindi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda parrandachilik mamlakatimiz agrosanoat kompleksining barqaror va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hozirda mamlakatimizda ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari soni 28 mingdan ziyodni tashkil etadi. Ularning ko'pchiligida parrandachilik faoliyati yo'lga qo'yilgan.Xususan , ichki va tashqi bozorda parrandachilik mahsulotlariga bo'lgan talab tobora oshib borayotgan hozirgi paytda “Imkon Broyler” MCHJi ham 2008-yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda hamda bank tomonidan berilgan 2milliard 800milllion so'm miqdoridagi kredit tufayli xo'jalik aholi dasturxoniga sifatli parhez go'sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Ushbu xo'jalikka o'tgan yili Rossiya Federatsiyasining “Balt iza” xo'jaligidan naslli parrandalar keltirilgan edi. Ular kam ozuqa talab etishi va sermahsulligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat , xo’jalikda inkubatorlar tashkil etilgan bo’lib ularning soni hozirgi kunda 26 tani tashkil qiladi va kelgusi yilning martiga qadar yana 18 ta yangi inkubatorlarni joriy qilish rejalashtirilgan. Shuningdek , maxsus sprey-xonalari , vaksina xonalari ham yuqori darajada jihozlangan. Yana bir ahamiyatli jihati, bu yerda faoliyat yurituvchi ishchi xodimlarning 90% idan ortigi mahalliy fuqarolardir.
Anvar Yafarov – “Imkon broyler” MChJ direktori “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida : “Xozirgi kunda fabrikamizda 135 ishchi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek , biz kelayotgan yilda ishchilar sonini 170 taga oshirishni rejalashtirganmiz. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Uchtepa filiali tomonidan xo'jaligimizga ajratilgan kredit xo'jaligimizning mahsuldorligini oshishida katta ahamiyat kasb etdi. Biz yaqin orada ushbu bankdan yana kredit olishni va unga Germaniyaning “Big Datchmen” kompaniyasidan texnologiyalar olib kelishni maqsad qilganmiz”,-deb ta’kidladi.
Zotdor parrandalar, ularni ko'paytirish, parvarish qilish va oziqlantirish bo'yicha ilg'or texnologiyalarning amaliyotga joriy etilayotgani parrandachilik korxonalarida yuqori ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga erishish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash imkonini bermoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida o'ziga xos ahamiyatga ega.