O'zbekiston lizing beruvchilari faoliyatining 2013 yil yakunlari e'lon qilindi
UzReport 12.02.2014
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Banklari Assotsiatsiyasida O'zbekiston lizing beruvchilari uyushmasining o’tgan yil faoliyat yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.
Yig'ilishda bugungi kunda lizing korxonalaridagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish xususiy tadbirkorlikni kengaytirish va uning asosida raqbatbardosh ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga mablag' kiritishning samarador mexanizmi ekanligi qayd etib o'tildi. Ta'kidlanganidek, mamlakatimizda lizing beruvchi hamda lizing oluvchilar uchun ijobiy bozor infratizimi, shuningdek, muvofiq qonuniy baza yaratilgan.
2013 yil yakunlariga ko'ra, respublikaning lizing xizmatlari bozorida 99 ta lizing beruvchi faol ish yuritgan. Ular tomonidan umumiy miqdorda 805,2 mlrd. so'mga teng 6692 ta lizing bitimlari tuzilgan. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga oshgan.