Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O`zmilliybank standart qoidalari” asosida xizmat ...

“O`zmilliybank standart qoidalari” asosida xizmat ko`rsatilishini tashkil qilish mavzusida seminar-trening tashkil etdi

24.02.2020

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g'risida”gi 3620-sonli Qarori ijrosi hamda O`zmilliybank Boshqaruvi tomonidan 2018 yil 15 fevralda tasdiqlangan “O`zmilliybank standart qoidalari” asosida xizmat ko`rsatilishini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni Bank-moliya akademiyasi binosida o`quv seminari tashkil etildi.



Mazkur seminar “Xizmat ko`rsatish sifati va mijozga yo`naltirilganlik” mavzusida bo`lib, seminarda O`zmilliybank tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, joylarda xizmat ko`rsatish sifati uchun mas`ul bo`lgan bankning barcha viloyatlar hamda Toshkent shahar filiallarining 28 nafar korporativ boshqaruvchilari ishtirok etishdi.



Mazkur seminar-trening o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad, bank filiallarida xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish va mijozlarga standartlar asosida xizmat ko`rsatishni tashkil etish hamda bank biznesining markazida mijoz turishi haqida interaktiv usulda trening o`tkazildi.

 

Seminar–trening ikki qismda bo`lib, birinchi qismda ma`ruzachilar “Mijozlarga yo`naltirilganlik” mavzusidagi seminarni ochiq muloqot va o`quv videoroliklari asosida olib borishdi.

Seminar-treningning ikkinchi qismi mahorat darsi va tajriba almashuv shaklida Bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi filialining Amaliyot bo`limida o`tkazildi. 


Tadbir ko`tarinki ruhda, yangi taklif-mulohazalar va qizg'in bahs-munozalar bilan olib borildi. Korporativ boshqaruvchilar o`zaro tajriba va fikr almashibgina qolmaj, bilim ko`nikmalar va rejalashtirilgan g'oyalar ro`yobi uchun yangi motivatsyaga ega bo`dilar. Shu bilan birga, joylarda shunday shakldagi o`quv seminarlarini o`tkazish maqsadida zarur ko`rgazmali o`quv qo`llanmalari taqdim etildi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU