O‘zmilliybank mijozlariga Yangi yilga Yangi sovg‘a!
Endilikda O‘zmilliybankning istalgan bo‘lim va filialidan so‘m mablag‘laringizni tеzkor pul o‘tkazmasi orqali xorijiy valyutada yuborishingiz yoki qabul qilishingiz mumkin! Buning uchun valyuta ayirboshlash amaliyoti shart emas. Bunday jarayon qanday amalga oshiriladi? 1. O‘zmilliybankning bo‘lim va filiallaridan biriga borib milliy hamda xorijiy valyutada hisobraqam ochasiz, hamda so‘m mablag‘ingizni hisobraqamingizga kirim qilasiz. 2. Kirim qilingan mablag‘ingiz avtomatik ravishda xorijiy valyutaga ayirboshlanadi hamda xorijiy valyutadagi hisobraqamingizga o‘tkaziladi. 3. Hisobingizda paydo bo‘lgan xorijiy valyutani chеt elga jo‘natishingiz mumkin.