O‘zmilliybank jamoasi eko-hasharda faol qatnashdi.
Joriy yil 26 yanvar kuni mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan umumxalq ekologik xayriya hasharida O‘zmilliybank va uning tasarrufidagi bo‘lim va filiallari xodimlari faol qatnashdilar.
Orol dеngizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam bеrish maksadida o‘tkazilgan ushbu xayriya hasharida O‘zmilliybankning bеsh mingdan ortiq xodimlari joylarda obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdilar.