Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O‘zmilliybank hamda Visa tomonidan o‘tkazilgan Eko...

O‘zmilliybank hamda Visa tomonidan o‘tkazilgan Eko aksiyaning bosh sovrini g‘olibi aniqlandi!

25.06.2021

O‘zmilliybank hamda Visa xalqaro to‘lov tizimi qo‘shma aksiyasining yakuniga ko‘ra joriy yilning 24 iyun kuni Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida jonli efirda bosh sovrin o‘ynaldi.

FAW BESTURN B30 rusumidagi elеktromobil Eko-aksiyaning ishtirokchisi hisoblangan 2020 yilning 15 oktabridan 2021 yilning 31 martiga qadar 100 dollardan boshlab tranzaksiyani amalga oshirgan O‘zmilliybankning Visa xalqaro to‘lov kartalari sohiblari o‘rtasida o‘ynaldi.

Bosh sovrin sohibi 8291 raqam hisoblanib, mazkur bahtli raqam Random.org tizimi yordamida tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlandi.

Eko-aksiyaning yakuniy sovrini egasi dеb Aripova Gulnafisa tanlandi.

Bosh sovrin g‘olibini chin yurakdan tabriklaymiz!

Elеktromobil kaliti yaqin kunlarda tantanali tarzda Gulnafisa Aripovaga topshiriladi. Sovrinni o‘z egasiga topshirishlishi marosimi haqidagi yangilikdan xabardor bo‘lish uchun esa bizni kuzatishda davom eting.

O‘zmilliybank bilan imkonsiz narsaning imkoni bor!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU