“O‘zmilliybank” AJning “Bastion” tеlеgram kanalida e’lon qilingan postga rasmiy munosabati
“Bastion” tеlеgram kanalida e’lon qilingan postda bank xodimlarining har yili iyun oyida mеhnatni rag‘batlantirish maqsadida bеriladigan 13 oylik- qo‘shimcha ish xaqi hanuzgacha to‘lanmayotganligi haqida post qo‘yilgan.
Bankning uzoq muddatli strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, bugungi kunda “O’zmilliybank” AJda xodimlarning faolligi, tashabbuskorligi hamda bank ravnaqiga qo’shayotgan hissasini munosib rag’batlantirish hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida xodimlarning mehnatiga haq to’lashning yangi tartibi joriy etilgan bo’lib, mehnatga haq to’lash ikki qismdan o’zgarmas hamda rag’batlantiruvchi qismdan iborat.
Xalqaro tajribadan ma’lumki, muhim samaradorlik ko’rsatkichlari natijalariga muvofiq xodimlarni rag’batlantirish (KPI) tizimi xodimlarni o’z ustida ishlashga, sohaga oid bilim va ko’nikmalarini oshirishga va tashkilot uchun ko’proq foyda keltirishga undaydi. Mazkur to’lov tizimi tartibiga muvofiq, xodimlarning mehnatiga haq to’lashda har oylik maoshining o’zgarmas qismi hamda unga qo’shimcha ravishda belgilangan rejalarning bajarilishiga qarab oyma-oy rag’batlantirish amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank xodimlarga haq to’lashning yangi tizimida belgilangan samaradorlikning muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga asoslangan rag’batlantirish to’lovlari reja ko’rsatkichlarining bajarilishi natijalariga muvofiq to’lab berilayotganini ma’lum qilamiz.