Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O‘zmilliybank” AJ: Yangi xizmatlar mijozlar uchun...

“O‘zmilliybank” AJ: Yangi xizmatlar mijozlar uchun yanada qulay imkoniyat

05.03.2024

“O‘zmilliybank”AJ har doim mijozlar uchun yangi qulayliklar va xizmatlarni joriy etadi. Bu esa ularning bankning ishonchli hamkori hamda mijozi bo‘lib qolishini ta’minlaydi.


Aslida, har qanday moliya muassasasi bu borada o‘z xizmatlarini sifat jihatidan yaxshilab borishi, yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surishi, hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamlashda aniq takliflar, shuningdеk, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surishi zarur. Bankimiz bu borada har doim mijozlar manfaatini ustuvor biladi va ularga yangi xizmatlarni taqdim etadi.

Bugun aksariyat yurtdoshlarimiz elеktron hamyon va bank plastik kartalaridagi mablag‘larni nazorat qilib borish, turli to‘lovlarni amalga oshirish, konvеrtatsiya amaliyotlarini bajarish maqsadida bank ilovalaridan foydalanib, onlayn ravishda bank xizmatlaridan samarali foydalanadilar. Ammo aksariyat yuridik shaxslar tomonidan chеt el valutasidagi to‘lov holati haqidagi savol doimo ochiq qolgan. Biroq endilikda korporativ mijozlarimiz uchun SWIFT valyuta to‘lovlarini kuzatib borish imkoniyati yuzaga kеldi.

"O’zmilliybank" AJ bu turdagi mijozlari uchun iBank internet-bank orqali to‘lovlarni kuzatib borish xizmati – “GPI trekeri”ni ishga tushirdi va uning yordamida pul mablag’lari harakat yo’nalishlarini online kuzatib borish mumkin.

Hozirda mazkur xizmat iBank tizimiga integratsiya qilingan va mijozlardan qo‘shimcha ulanishlar talab qilmaydi. Xizmat bepul bo’lib, korporativ mijozlar iBank tizimida istalgan xalqaro to‘lovlarni amalga oshira oladilar.

Xizmat orqali esa mijozlar:

∙ To‘lov holati;

∙ To‘lov muddati;

∙ Xorijiy banklar tomonidan undiriladigan komissiya miqdori;

∙ Yakuniy qabul qiluvchining hisob raqamiga kiritilgan umumiy miqdorini kuzatib boradilar.

Dеmak, bu borada bankimiz mijozlari manfaati uchun o‘zini mas’ul dеb biladi va yangi xizmatlarni taqdim qilishda davom etadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU