Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O`zmilliybank” AJ xodimlari umumxalq hasharida qa...

“O`zmilliybank” AJ xodimlari umumxalq hasharida qatnashdi

18.03.2023
Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.

Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma'naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e'zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

Joriy yilning 18-mart kuni “O`zmilliybank” AJ xodimlari ekologik madaniyatini yuksaltirish, Bankka tutash hududda ozodalikni ta’minlash, atrof-muhitni asrab-avaylash va Navro‘z bayramini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumxalq hasharida ishtirok etdi.



Tadbir davomida Bank hududini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarning qurigan shoxlarini kesish, daraxt tanasi va bordyurlarini oqlash ishlari olib borildi.



Tadbir ishtirokchilarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli Bank hududi o'zgardi va bahorning yorqin ranglariga to'ldi.


Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU