“O‘zmilliybank” AJ va Mastercarddan “Oltin aksiya” g‘olibi
2022 yil 15fevral kuni jonli efirda “Oltin aksiya” ishtirokchilari – “O‘zmilliybank” AJning Mastercard xalqaro to‘lov kartalari egalari o‘rtasida aksiyaning butun muddati davomida - 2021 yil 1 noyabrdan 2022 yil 31 yanvariga qadar 100 AQSh dollari va undan ortiq summadagi operatsiyalar (savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari terminallarida yoki Internet tarmog'ida tovarlar/xizmatlar uchun to'lov) o‘tkazgan mijozlar orasida bosh sovrin o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O'yin g'olibi va og'irligi 50 gramm bo'lgan oltin quyma sohibi RAVSHANOV BERKIN bo'ldi.
G'olibimizni tabriklaymiz!
Aksiyamizdagi ishtiroki uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz va uning barcha g'oliblarini yana bir bor tabriklaymiz. "Oltin aksiya" tugadi, lekin bizni yangi aksiyalar va sovg'alar kutib turibdi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring.