"O`zmilliybank" AJ va Mastercarddan “Oltin aksiya” bosh sovrini o‘yini o‘tkazilishi haqida.
Hurmatli mijozlar!
2022 yil 15 fevral kuni soat 15.00 da butun aksiya yakunlariga koʻra "O`zmilliybank" A va Mastercard tomonidan “Oltin aksiya”ning uzoq kutilgan bosh sovrini – 50 gramm ogʻirlikdagi oltin quyma oʻyini boʻlib oʻtadi. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida (https://www.instagram.com/nbu.official) onlayn translyatsiya formatidagi Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda ishtirok etish uchun aksiyaning butun muddati 2021 yil 1 noyabrdan 2022 yil 31 yanvargacha bo`lgan muddat davomida bitta Mastercard kartasi orqali 100 AQSh dollari va undan ko‘p summaga (savdo terminallarida yoki Internetda tovar/xizmatlar uchun to‘lov) tranzaktsiyalarini amalga oshirish zarur edi.
Faqat bitta ishtirokchi oltin quyma egasiga aylanadi. U kim bo'lishini esa, biz ertaga bilib olamiz.
Hammaga omad tilaymiz!